Afg‘onistonda 20 kishi qahratonda halok bo‘ldi
![Afg‘onistonda 20 kishi qahratonda halok bo‘ldi](http://static.xabar.uz/crop/3/1/720_460_95_3100664515.jpeg)
Havoning keskin sovib ketishi oqibatida Afg‘onistonda 20 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi TOLOnews telekanali.
Bundan tashqari, sovuq urgan kamida 70 kishi Hirotdagi shifoxonaga keltirilgan.
Qahratonda eng ko‘p aziyat chekayotganlar — qorni och va uyini isitishga qurbi yetmaydigan qashshoq aholi.
Favqulodda qish qahratoni jonivorlarni ham ayamayapti, xabarga ko‘ra, sovuqda qolgan qariyb 4 ming bosh qoramol nobud bo‘lgan.
BMT insonparvarlik masalalari boshqarmasi xabar berishicha, bu hafta Afg‘onistonda havo harorati -35 darajagacha sovib ketishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter