Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekiston hududida ham sezildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, 19-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:47 da Afg‘onistonning Badaxshon hududida zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila epitsentri Toshkentdan 547 km janubi-sharqda. Magnitudasi 5,5. Epitsentrda sezilish kuchi 3 ballni tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida zilzilaning sezilish kuchi:
- Surxondaryo viloyatida 2-3 ball, 336 km;
- Farg‘ona viloyatida 2 ball, 433 km;
- Samarqand viloyatida 2 ball, 492 km;
- Jizzax viloyatida 2 ball, 481 km;
- Sirdaryo viloyatida 2 ball, 479 km;
- Qashqadaryo viloyatida 2 ball, 523 km;
- Andijon viloyatida 2 ball, 488 km;
- Namangan viloyatida 2 ball, 500 km.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter