Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonda TIV binosi yaqinida terakt sodir etildi. O‘nga yaqin qurbonlar bo‘lishi mumkin

Afg‘onistonda TIV binosi yaqinida terakt sodir etildi. O‘nga yaqin qurbonlar bo‘lishi mumkin

Kobulda Afg‘oniston Islom Amirligi Tashqi ishlar vazirligi binosi yaqinida Malik Asgar chorrahasida terakt sodir etildi. Qurbonlar va jabrlanganlar bor, tafsilotlar aniqlanmoqda.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, portlash vaqtida Xitoy delegatsiyasi Tolibon tashqi ishlar vazirligi binosida bo‘lgan. Mazkur terakt IShIDning Pekinga qarshi qaratilgan navbatdagi harakati deb gumonlanmoqda.

Mahalliy nashrlar ketma-ket 3 ta portlash sodir bo‘lgani va Vazir Akbar Xon kasalxonasiga 3 nafar halok bo‘lgan va 2 nafar yarador yetkazilgani to‘g‘risida yozdi.

Norasmiy manbalarga ko‘ra, esa Tashqi ishlar vazirligi yaqinida kamida 12 kishi halok bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring