Afg‘onistondagi zilzilada 250 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Bugun, 1-sentyabr soat 00:17 da Afg‘oniston sharqida, Pokiston bilan chegaraga yaqin Hindikush tog‘ligida 6 magnitudali zilzila yuz berdi.
Zilzila epitsentri 35 km chuqurlikda joylashgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 250 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, 500 ziyod inson jarohatlangan.
Mahalliy hokimiyat vakillariga ko‘ra, ofatdan vafot etganlar soniga aniqlik kiritilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter