Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistondan Termizga raketa hujumi bo‘lgani haqidagi xabarlarga izoh berildi

Afg‘onistondan Termizga raketa hujumi bo‘lgani haqidagi xabarlarga izoh berildi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati bayonot bilan chiqdi. 

«Ayrim Telegram-kanallar tomonidan Termiz shahri atrofida O‘zbekiston harbiylari Afg‘oniston hududidan raketalar bilan o‘qqa tutilgani to‘g‘risida tarqatilayotgan xabarlar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», deyiladi ushbu xabarda.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi va Chegara qo‘shinlari bergan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida hech qanday harbiy faollik kuzatilmayapti, vaziyat barqaror.

Foydalanuvchilar provokatsiyalarga berilmasligi so‘ralgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring