Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistondagi zilzila O‘zbekistonda sezildi

Afg‘onistondagi zilzila O‘zbekistonda sezildi

Toshkent vaqti bilan 14:20 da (11.01.2024 yil, Grinvich bo‘yicha 09:20 da) Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Zilzila koordinatalari: 36,7 gradus shimoliy kenglik; 70,34 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6. Chuqurlik 180 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 517 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Surxandaryo viloyatida 2-3 ball, 279 km.

Farg‘ona viloyatida 2 ball, 428 km.

Jizzax viloyatida 2 ball, 439 km.

Samarqand viloyatida 2 ball, 441 km.

Sirdaryo viloyatida 2 ball, 443 km.

Qashqadaryo viloyatida 2 ball, 466 km.

Andijon viloyatida 2 ball, 486 km.

Namangan viloyatida 2 ball, 492 km.

Toshkent shahrida 2 ball, 516 km.

Navoiy viloyatida 2 ball, 575 km.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring