«Afrosiyob»da katta miqdorda pul unutib qoldirilgan. Egasini qidirishyapti
![«Afrosiyob»da katta miqdorda pul unutib qoldirilgan. Egasini qidirishyapti](http://static.xabar.uz/crop/2/9/720_460_95_2927999328.jpg)
2022-yil 5-noyabr kuni 764-sonli «Toshkent - Samarqand - Toshkent» yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdi 3 va 9-vagonlarida noma’lum yo‘lovchiga tegishli bo‘lgan katta miqdorda pul unutib qoldirilgan.
Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ ma’muriyati e’lon bermoqda.
«Ushbu buyum egasi, Samarqand vokzali ma’muriyatiga quyidagi raqam +99890 286-07-07 orqali bog‘lanishlarini yoki Samarqand vokzal ma’muriyatiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat va chipta bilan murojaat etishlarini so‘raymiz», – deydi ma’muriyat.
E’longa ilova qilinayotgan suratdan unutib qoldirilgan pullar bir-biridan tarqoq ikki noma’lum shaxsga tegishli va ularning kamida 4 ming AQSh dollari ekani tushuniladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter