Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Agrar va o‘rmon xo‘jaliklari faoliyatiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazilmoqda

Agrar va o‘rmon xo‘jaliklari faoliyatiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazilmoqda

Samarqand veterinariya meditsinasi institutida O‘rmon xo‘jaligi ilmiy tadqiqot instituti va Janubiy Koreyaning Kangvon Milliy universitetlari hamkorligida 2018-yilning 24-25-may kunlari «Agrar va o‘rmon xo‘jaliklari tarmoqlarida qo‘shilgan qiymat zanjirining barqaror rivojlanishi» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilmoqda.

Konferensiyada Janubiy Koreyaning Kangvon Milliy universiteti, AQSh ning Michigan Shtati universiteti, BMTning FAO (Oziq–ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti)ning, YeI delegatsiyasining hamda AQShning xalqaro rivojlantirish agentligi (USAID) Toshkentdagi vakolatxonalari vakillari, turli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, O‘zbekistondagi OTM va ITI vakillari ishtirok etmoqda.

Konferensiyaning maqsadi — rivojlangan mamlakatlarning oliy o‘quv yurtlari va ishlab chiqarish hamkorligi doirasidagi tajribalaridan O‘zbekiston sharoitida agrar va o‘rmon xo‘jaligi tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat yaratish imkoniyatlarini o‘rganish, o‘zaro tajriba almashish hamda shu asosda qishloq joylarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Ushbu konferensiyada Janubiy Koreyaning Kangvon Milliy universitetidan 10 nafar, AQSh ning Michigan Shtati universitetidan, BMT ning FAO( Oziq – ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti)ning, YeI delegatsiyasining hamda AQShning xalqaro rivojlantirish agentligi (USAID) Toshkentdagi vakolatxonalari vakillari, turli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, O‘zbekistondagi OTM va ITI vakillari kelishi rejalashtirilgan.

Konferensiyada taniqli xorijiy va respublika olimlarining plenar sessiyalarida chiqishlari, shuningdek turli ishchi sessiyalarida taqdimotlari bo‘ladi. Shuningdek, ishtirokchilari 25 May kuni Samarqand viloyatidagi «Maroqand» meva – sabzavot ishlab chiqarish korxonasi hamda «Samarqand-Darg‘om» davlat o‘rmon xo‘jaligi faoliyati bilan tanishishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring