Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aguero reinkarnatsiyasi: «Siti» va «Liverpul» o‘rtasidagi bir yillik kurash tugadi

Aguero reinkarnatsiyasi: «Siti» va «Liverpul» o‘rtasidagi bir yillik kurash tugadi

Angliya chempionatining oxirgi tur o‘yinlari yakunlandi. O‘ta dramatik va ertaknamo o‘tgan o‘yinlarda va nihoyat bu yilgi chempion nomi aniqlandi.

Manchesterdagi dramada «Manchester Siti» o‘z qo‘lidagi chempionlikdan mahrum bo‘lishiga bir bahya qoldi. Ammo 2:0 hisobida ortda qolayotgan Gvardiola shogirdlari so‘nggi 15 daqiqada iroda ko‘rsatib, 3 ta gol urishdi.

O‘yin qahramoni Ilkay Gyundogan dubl qayd etdi. 2011-12 yilgi mavsumda aynan Serxio Aguero xudda shunday holatda, so‘nggi turda shaharliklarga chempionlik golini kiritib bergandi. Bugun ana shu natijani Gyundogan takrorladi.

Narigi o‘yinda esa «Liverpul» sal qolsa yutqazib qo‘yardi. Klopp shogirdlari ham so‘nggi daqiqalarda 2 ta gol urdi, ammo ularga g‘alabaning o‘zi kamlik qilardi. Stiven Jerrard boshchiligidagi «Aston Villa» esa «Siti» ustidan g‘alabani ushlab qololmadi.

Shunday qilib, Angliyada «Manchester Siti» chempion, «Liverpul» vitse-chempion, «Chelsi» 3 va «Tottenxem» 4-o‘rinni oldi. Yevropa ligasi yo‘llanmasini «Arsenal», «Manchester Yunayted» va «Vset Xem» qo‘lga kiritdi. Angliya chempionatini «Norvich», «Uotford va «Byornli» tark etdi.

Shuningdek, to‘purarlar bahsida ham intriga saqlanib qoldi. So‘nggi turda «Tottenxem» yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozondi, unda Son Xyon Min dubl qayd etib, Muhammad Salohdan o‘tib ketgandi. Ammo Saloh ham bugun bitta gol urdi. Natijada har ikki futbolchida 23 tadan gol bo‘lib qoldi. Saloh shu gollarning 5 tasini penaltidan urgan, Sonda penalti yo‘q.

APL, 38-tur natijalari

Arsenal - Everton 5:1

Byornli - Nyukasl 1:2

Brayton - Vest Xem 3:1

Brentford - Lids 1:2

Kristal Pelas - Manchester Yunayted 1:0

Lester - Sautgempton 4:1

Liverpul - Vulverxempton 3:1

Manchester Siti - Aston Villa 3:2

Norvich - Tottenxem 0:5

Chelsi - Uotford 2:1

Musobaqa jadvali

J  Jamoa O‘ G‘ D M T-n Ochko
1  Manchester Siti 38 29 6 3 99-26 93
2  Liverpul 38 28 8 2 94-26 92
3  Chelsi 38 21 11 6 76-33 74
4  Tottenxem 38 22 5 11 69-40 71
5  Arsenal 38 22 3 13 61-48 69
6  Manchester Yunayted 38 16 10 12 57-57 58
7  Vest Xem 38 16 8 14 60-51 56
8  Lester 38 14 10 14 62-59 52
9  Brayton 38 12 15 11 42-44 51
10  Vulverxempton 38 15 6 17 38-43 51
11  Nyukasl 38 13 10 15 44-62 49
12  Kristal Pelas 38 11 15 12 50-46 48
13  Brentford 38 13 7 18 48-56 46
14  Aston Villa 38 13 6 19 52-54 45
15  Sautgempton 38 9 13 16 43-67 40
16  Everton 38 11 6 21 43-66 39
17  Lids 38 9 11 18 42-79 38
18  Byornli 38 7 14 17 34-53 35
19  Uotford 38 6 5 27 34-77 23
20  Norvich 38 5 7 26 23-84 22

To‘purarlar (qavsda penaltidan urilgani)

23 ta
Son Xyon Min (Tottenxem)
Muhammad Saloh (Liverpul, 5)

Tur qahramoni (Xabar.uz talqini bo‘yicha)

APL so‘nggi turida chempion «Manchester Siti» futbolchisi Ilkay Gyundogan haqiqiy qahramon bo‘ldi. U nafaqat dubl qayd etdi, balki o‘z maydonida, muxlislar ko‘zi o‘ngida chempionlikni taqdim qildi. Bunday atmosfera uncha-muncha jamoa va futbolchiga nasib qilavermaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring