Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu safar aholi orasida koronavirus yuqtirish holati aniqlanmadi

Bu safar aholi orasida koronavirus yuqtirish holati aniqlanmadi

2020-yil 23-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3078 (+42) nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi. 

Yangi kasallanish holatlarining barchasi chet eldan kelgan fuqarolarda aniqlangan. Jumladan, 38 nafar Sankt-Peterburgdan charter reys bilan, 2 nafar Tojikistondan kelgan va karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolarda hamda 2 nafar Qozog‘iston orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida infeksiya qayd etildi.

Ayni paytda yurtimizda 2492 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Hozirda mamlakatimizda 573 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir. Barcha bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring