Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholiga ixtisoslashtirilgan nevrologik yordam ko‘rsatish samaradorligi oshiriladi

Aholiga ixtisoslashtirilgan nevrologik yordam ko‘rsatish samaradorligi oshiriladi

Joriy yil 19-avgustdagi «Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ishtirokidagi “Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazini tashkil etish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori bilan aholiga nevrologik yordam ko‘rsatishga doir chora-tadbirlar belgilab olindi.

Mazkur qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

  • aholiga ixtisoslashtirilgan nevrologik yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish;
  • sohadagi tibbiyot va ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiy va diagnostik asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Loyihani amalga oshirish muddati 2025–2032 yillar etib belgilangan.

Qarorga ko‘ra, Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Nevrologiya va neyroreabilitatsiya milliy tibbiyot markazi deb qayta nomlandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi JICA ko‘magida yaponiyalik mutaxassislar guruhini jalb etish uchun Yaponiyaning «Yakuzemi Information Education Center» konsalting kompaniyasi bilan xorijiy valyutada 1 yil muddatga shartnoma imzolashi belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring