Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholiga «yashil» kreditlar ajratiladi va ularning bir qismi kompensatsiya qilinadi

Aholiga «yashil» kreditlar ajratiladi va ularning bir qismi kompensatsiya qilinadi

O‘zbekistonda aholi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 1 kilovatti uchun 1 ming so‘mdan to‘lanishi e’lon qilingan edi. Ular «Quyoshli xonadon» tizimiga ulanib, tegishli to‘lovlarni olishlari mumkin.

Bu haqda Prezident ishtirokida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Prezident, jumladan, ushbu dastur qamrovini oshirish va yanada keng joriy qilish bo‘yicha yangi vazifalarni belgilab berdi.

Unga ko‘ra, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan savdo va servis korxonalariga quyosh panellari uchun kredit to‘lovlarining 4 foizi qoplab beriladi.

Shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlaridan 100 million dollar jalb qilinib, so‘mda, maqbul shartlarda aholi va kichik tadbirkorlar uchun «yashil» kredit mahsulotlari yaratiladi. Aholiga ajratilgan kredit foizlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun 100 milliard so‘m ajratiladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga aholi va tadbirkorlarga berilgan «yashil» kreditlar foizlarining bir qismini qoplash tizimini joriy qilish topshirildi.

Bundan tashqari, «yashil energiya» sertifikatlari tizimi joriy qilinadi. 1-iyuldan boshlab gidroelektr stansiyalariga «yashil» sertifikat beriladi. Ushbu tizim 1-oktyabrdan boshlab barcha qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun joriy qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring