Aholisi eng tez ko‘payayotgan viloyatlar nomi aytildi
2022-yilning 1-aprel holatiga respublika bo‘yicha 203 670 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 24 035 taga ko‘p. Eng ko‘p tug‘ilish Samarqand, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida kuzatilmoqda.
Hududlar kesimida tug‘ilishlar soni:
— Qoraqalpog‘iston R. – 9 680 ta
— Andijon viloyati – 18 720 ta
— Buxoro viloyati – 9 352 ta
— Jizzax viloyati – 8 959 ta
— Qashqadaryo viloyati – 20 955 ta
— Navoiy viloyati – 5 692 ta
— Namangan viloyati – 17 542 ta
— Samarqand viloyati – 24 265 ta
— Surxondaryo viloyati – 18 421 ta
— Sirdaryo viloyati – 5 422 ta
— Toshkent viloyati – 17 134 ta
— Farg‘ona viloyati – 21 965 ta
— Xorazm viloyati – 9 125 ta
— Toshkent shahri – 16 438 ta
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter