Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ahroljon Ro‘ziyev «Chingizxon» ordeni bilan taqdirlandi

Ahroljon Ro‘ziyev «Chingizxon» ordeni bilan taqdirlandi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Shu kunlarda Olma-ota shahri sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Undan avval esa Tokio Olimpiadasiga Osiyo qit’asi uchun litsenzion turnir o‘tkazildi. Kuni kecha mazkur musobaqa doirasida Sport va turizm akademiyasida tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Birlashgan kurash dunyosi vitse-prezidenti, O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Ahroljon Ro‘ziyev Qozog‘istonning yuqori darajadagi «Chingizxon» ordeni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi Birlashgan kurash dunyosining Osiyo mintaqasi rahbari tomonidan delegatsiyamizning litsenzion turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etgani, qit’ada mazkur sport turini targ‘ib qilishda qo‘shayotgan munosib hissasi uchun maxsus sovrin bilan taqdirlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring