Ai-80 benzindan voz kechishga 3 yildan beri harakat bo‘layotgani aytildi
Joriy yil 29-yanvar kuni Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda Bosh vazir Abdulla Aripovga 2025-yildan Ai-80 markali benzindan voz kechish masalasini uzil-kesil hal qilish bo‘yicha topshiriq berilgan edi.
Bu haqdagi xabarlardan so‘ng jamoatchilik tomonidan turli fikrlar – ayrim o‘rinlarda e’tiroz, ayrimlarida esa qo‘llash ma’nosidagi munosabatlar bildirildi.
«O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Odil Temirovning O‘zAga ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda Ai-80 benzindan butunlay voz kechish haqidagi gap kecha yoki bugun paydo bo‘lib qolmagan: bu yo‘nalishda 3 yildan buyon ish olib borilyapti.
«Ai-80 markali benzindan butunlay voz kechish yo‘nalishida 3 yildan buyon ish olib borilyapti. Hozirda Xitoy kompaniyasi bilan Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish boshlangan.
Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, 1 yilda ishlatiladigan Ai-80 benzindan voz kechilsa, bu respublika miqyosida 17 ming tonna uglerod oksidi emissiyalari kamayishiga olib keladi», – deydi «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi raisi o‘rinbosari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter