AI-80 va AI-92 markali benzin ishlab chiqarish hajmi oshirilyapti
Bugundan AI-80 va AI-92 benzinlarini ishlab chiqarish ikki baravar oshirilmoqda.
Qayd etilishicha, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi 11-dekabrdan boshlab AI-80 va AI-92 benzinlarining umumiy ishlab chiqarish hajmini kuniga 1000 tonnagacha oshiradi.
«Avtomobil dvigatellari yuqori sifatli va sovuqqa chidamli yoqilg‘i talab qiladigan qish mavsumida yoqilg‘iga talab tobora ortib borishiga javoban ana shunday strategik qaror qabul qildi. Benzin ishlab chiqarish hajmining oshirilishi yoqilg‘i bozorida barqaror taklifni ta’minlab, zavodga qish mavsumida iste’molchilar talabini samarali qondirish imkonini beradi», – deb yozmoqda FNQZga egalik qiluvchi «Saneg» kompaniyasi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter