Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qorako‘ltumangaz» AJ mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

«Qorako‘ltumangaz» AJ mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

«Xabar.uz»ga berilgan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 15-oktyabr kuni «Qorako‘ltumangaz» AJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ta’kidlanishicha, DXX viloyat boshqarmasi hamda Departamentning Qorako‘l tumani bo‘limi xodimlari tomonidan «Qorako‘ltumangaz» AJ mansabdor shaxslarining hatti-harakatlari yuzasidan tekshirish o‘tkazilgan. Bunda jamiyatning bir nechta mansabdorlari o‘zaro til biriktirgan holda aholi xonadonlarida o‘rnatilishi lozim bo‘lgan qiymati 260,3 million so‘mga teng jami 345 dona gaz hisoblagichlarni talon-taroj qilishgani aniqlangan. Holatga ko‘ra, mansabdorlar mazkur gaz hisoblagichlarni iste’molchilar xonadonida o‘rnatilgani to‘g‘risida soxta dalolatnomalar tuzib, kompyuter bazasiga kiritishgan.

Bundan tashqari, gaz hisoblagichlar tegishli hujjatlarsiz noqonuniy ravishda chiqim qilinib, soxta reyestr tuzish orqali hisoblagichlarni o‘rnatish xarajatlari uchun 9,5 million so‘m pullar payvandchilarning plastik kartalariga o‘tkazib berilgan.

«Qorako‘ltumangaz» AJ mansabdor shaxslari bu hatti-harakatlari bilan iste’molchilarning juda ko‘p miqdordagi mulkini rastrata qilish yo‘li bilan talon-taroj qilishgan. Buning ortidan rasmiy hujjatlarni tayyorlash va ularni qalbakilashtirishda ifodalangan jinoyatlarni ham sodir etishgan.

Jamiyatning mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 3-qismi hamda 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish), 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayni paytda mazkur jinoyat ishi yuzasidan Qorako‘ltuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring