Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Akkuyu» va iqlim maqsadlari: Turkiya tajribasi O‘zbekiston uchun namuna bo‘la oladimi?

«Akkuyu» va iqlim maqsadlari: Turkiya tajribasi O‘zbekiston uchun namuna bo‘la oladimi?

foto:https://atommedia.online/

Turkiyaning Mersin viloyatida qurilayotgan «Akkuyu» atom elektr stansiyasi yaqinida tashkil etilgan xalqaro baliq ovlash turniri nafaqat musobaqa tadbiri sifatida, balki ekologik yondashuv, ochiq muloqot va jamoatchilik ishonchini mustahkamlash nuqtai nazaridan ham muhim voqea bo‘ldi.

foto: https://atommedia.picvar

Turnir doirasida Mugla Sitki Kochman universiteti (Muğla Sıtkı Koçman Üniversitesi) huzuridagi Ekologik muammolarni o‘rganish va amaliy tadqiqotlar markazi direktori, professor Ahmet Demirak bilan suhbatlashdik. Uning ta’kidlashicha, atrof-muhitni muhofaza qilish, jamiyat ishonchi va toza energiya manbalariga o‘tish bugungi kunda mintaqadagi barcha davlatlar uchun asosiy ustuvorliklarga aylangan. Bundan tashqari, bunday ochiq tadbirlar jamoatchilik bilan muloqotni kuchaytiradi, stansiya xavfsizligiga bo‘lgan ishonchni oshiradi va ekologik madaniyatni rivojlantiradi.

Professorning fikrlariga ko‘ra, «Akkuyu» AES kabi loyihalar xavfsizlikning qat’iy xalqaro standartlari va muntazam ekologik monitoring asosida boshqariladi. Bu loyiha Turkiyaning ekologik siyosat va iqlim o‘zgarishiga qarshi milliy strategiyasining ajralmas qismi sifatida ko‘rilayotgani bejiz emas.

 — «Akkuyu» AESda uglerodsiz energiya ishlab chiqarilishi O‘rta yer dengizi flora va faunasiga tushayotgan yukni kamaytiradi, dengiz ekotizimlarining qizib ketish va kislotaga aylanishga nisbatan chidamliligini oshiradi, shuningdek, mintaqadagi chegaralangan ichimlik suvi zaxiralarini asrashga yordam beradi. Iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari mintaqa bo‘ylab tobora kuchayib borayotgan bir paytda, issiqxona gazlari chiqindisini kamaytirishga qodir har qanday toza energiya manbasini hisobga olish juda muhim. Quruqlikda ham, dengizda ham ekotizimlarni muhofaza qilish va iqlim maqsadlariga erishish uchun qayta tiklanuvchi manbalarini deyarli chiqindisiz atom elektr stansiyalari bilan uyg‘un holda ko‘rib chiqish lozim, — deya ta’kidladi professor Ahmet Demirak.

Professor ta’kidlashicha, Turkiya tajribasi yadro energetikasini rivojlantirayotgan ko‘plab davlatlar, jumladan, O‘zbekiston uchun ham yo‘l ko‘rsatuvchi model bo‘lishi mumkin.

— O‘ylaymanki, «Akkuyu» AES loyihasi namunaviy tarzdagi dasturdir. Avvalo, bu loyiha Turkiyaning ekologik siyosat va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish borasidagi asosiy strategiyasining muhim tarkibiy qismi sifatida qaraladi. Yadro energetikasiga investitsiyalar O‘zbekiston kabi mamlakatlar barqaror rivojlanish siyosati va global strategiyalarni uyg‘unlashtirishda muhim vositaga aylanadi, — dedi professor.

Professorning ta’kidlashicha, bunday yirik loyihalarda jamoatchilik ishtirokini ta’minlash va nazorat jarayonlarining oshkoraligini saqlash muhim omildir.

 — Bu borada eng muhim jihatlardan biri bu xavfsizlik qoidalari va ekologik talablarga rioya etilishini siyosiy yoki tijoriy ta’sirlarsiz nazorat qila oladigan, huquqiy vakolatga, texnik salohiyatga va moliyaviy mustaqillikka ega bo‘lgan maxsus nazorat organini tashkil etishdir. Atrof-muhit monitoring dasturlari to‘liq oshkoralik asosida olib borilishi kerak. Ushbu jarayonga mahalliy aholi, olimlar va nodavlat tashkilotlar faol manfaatdor tomonlar va tenghuquqli ishtirokchilar sifatida jalb etilishi shart, — deydi professor Demirak.

Olim so‘zlariga ko‘ra, mintaqadagi davlatlar oldida tanlov aniq: iqlimga do‘stona energetikaga o‘tish yoki iqlim inqirozining oqibatlari bilan to‘qnash.

— Turkiyaning yadro va qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi yangi qarashi boshqa davlatlar uchun yo‘l xaritasi vazifasini o‘tamoqda. Mening fikrimcha, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va deyarli chiqindisiz yadro texnologiyalarini uyg‘un holda qo‘llash — bu kelajak energetikasi uchun eng samarali modellardan biridir, — deb xulosa qildi professor.

Zarifa Tojiyeva suhbatlashdi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring