Akmal Burxonov partiyadan ketdi. Deputatlik vakolati ham tugatildi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qarori bilan Akmal Burxonovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati sifatidagi vakolati muddatidan avval tugatildi.
Bunga uning Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori etib tayinlangani sabab bo‘lgan.
«Agentlikdagi ish faoliyatimga ta’sir etmasligi uchun, xususan, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi a’zoligini ham tark etishga qaror qildim.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati sifatida 6 yillik faoliyatim men uchun katta maktab bo‘ldi. Bu yangi qonun loyihalarini ishlab chiqishdan tortib, saylov okrugimda fuqarolar murojaatlari bilan ishlashgacha bo‘lgan g‘oyat qiziq va mas’uliyatli burch!
O‘ylaymanki, shu yillar davomida davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida orttirilgan tajriba kelgusida qo‘l keladi. Yurtimiz rivojiga ozmi-ko‘pmi hissa qo‘shishga harakat qilishda davom etamiz.
Shunga qaramay, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, siyosiy partiyalar bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi» — degan Akmal Burxonov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter