Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri «Huawei» kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktorini qabul qildi

AKT vaziri «Huawei» kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktorini qabul qildi

Foto: mitc.uz

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov 11-fevral kuni «Huawei» kompaniyasining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan bosh direktori Lyu Szyasinni qabul qildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Foto: mitc.uz

Vazir xitoylik mehmonni qutlar ekan, «Huawei» kompaniyasining O‘zbekistondagi ko‘p yillik faoliyati hamda respublikamizda telekommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishiga qo‘shgan sezilarli hissasini e’tirof etdi.

Foto: mitc.uz

O‘z navbatida, Lyu Szyasin yuqori texnologiyalar sohasidagi ustuvor investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda kompaniya O‘zbekiston bilan munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.

Suhbat davomida Xitoy investitsiyalarini jalb qilgan holda, O‘zbekistonda AKTni rivojlantirish doirasida yaqin istiqbolda vazirlik o‘z oldiga qo‘ygan ustuvor masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, «Xavfsiz shahar» investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish doirasida hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar mazkur yo‘nalishda o‘zaro manfaatli va ikki tomonlama hamkorlik yuzasidan kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni muhokama etishga shay ekanliklarini bildirdilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring