AKT vazirligi operator va provayderlardan 5G tarmoqlarini qurish bo‘yicha taklif so‘radi

AKT vazirligi O‘zbekistondagi operatorlar, provayderlar va telekommunikatsiya uskunalari ta’minotchilaridan 5G tarmoqlarini qurish bo‘yicha takliflar taqdim etishlarini so‘raydi. Bu haqda vazirlik saytida e’lon berildi.
Takliflar quyidagilar kiritilishini nazarda tutadi:
- 5G tarmog‘ini qurish bo‘yicha sinov sxemasi;
- texnologiyalar va yechimlar ta’minotchilarini qo‘shgan holda, taklif etilayotgan 5G qurilmasi hamda maqsadli oxirgi foydalanuvchilar;
- mavjud zarur resurslar, O‘zbekistonda 5G demonstratsion loyihasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tajriba va moliyalashtirish haqida ma’lumotlar;
- biznes-modelni amalga oshirish bo‘yicha butun respublika bo‘ylab keng miqyosda foydalanish variantini qo‘llab-quvvatlash uchun quyidagi yo‘nalishlar kiritilgan holda, takliflar:
- qishloq xo‘jaligi;
- aqlli transport;
- aqlli shahar;
- xavfsiz shahar;
- ta’lim;
- sog‘liqni saqlash;
- sanoat;
- imkoniyati cheklangan insonlar uchun loyihalar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter