Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Joriy yil 15-maydagi PF-86-son farmon bilan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat faoliyati yo‘lga qo‘yiladi va maktabda o‘quv jarayonlari 2025/2026 o‘quv yilidan boshlanadi.

Maktab bitiruvchilariga davlat namunasidagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat (shahodatnoma) bilan bir qatorda yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish imkonini beruvchi xalqaro ta’lim dasturi diplomi (International Baccalaureate) beriladi.

O‘quvchilar bilan individual ishlash tizimi joriy etilib, 1 nafar maslahatchi va pedagogga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar soni nisbatining cheklangan normativiga mutanosib ravishda 1:15 va 1:8 nisbatlar qo‘llanadi.

Maktabda ta’lim jarayoni variativ o‘quv rejalar asosida amalga oshiriladi hamda o‘quvchilar ingliz tilidan tashqari kamida yana bitta qo‘shimcha xorijiy tilga o‘qitiladi.

Maktabda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan o‘qitiladigan o‘quvchilarning umumiy cheklangan soni 180 nafarni tashkil etadi.

O‘quvchilarga ilmiy-tadqiqot va innovatsion startap loyihalar hamda boshqa ijtimoiy loyihalar bo‘yicha o‘zining portfoliosini shakllantirishga ko‘mak beriladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring