Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alsgeymer bilan og‘riganlar uchun qarab turish xizmati ko‘rsatiladi

Alsgeymer bilan og‘riganlar uchun qarab turish xizmati ko‘rsatiladi

Hukumatning joriy yil 29-yanvardagi 36-son qarori bilan «Faol hayotga qadam» dasturi joriy etilishi munosabati bilan Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Hukumat qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestriga kiritilgan paytdan boshlab har chorakda 1 marotaba yashash sharoitlari ishchi guruh tomonidan qayta baholanishi talabini bekor qilish;
  • «Inson» markazlari va oilaviy poliklinikalar tomonidan keyingi yil uchun shaxslar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini tashkil etish jadvalini tuzish amaliyotini bekor qilish;
  • ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchiga berilgan vaucherni bekor qilish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchini «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimidagi «Oila hamkori» platformasida ro‘yxatdan chiqarish asoslarini aniq belgilash.

2026-yil 1-martdan xulq-atvori buzilishlari bo‘lmagan ruhiy kasallik bo‘yicha dispanser nazoratida turuvchi demensiya, Parkinson yoki Alsgeymer kasalligi tashxisi qo‘yilgan shaxslar uchun kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati ko‘rsatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring