Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ali Xomanaiyning o‘g‘li Eronning yangi Oliy rahbari etib saylangani aytilmoqda

Ali Xomanaiyning o‘g‘li Eronning yangi Oliy rahbari etib saylangani aytilmoqda

Mujtaba Xomanaiy.

Foto: Iran International

Eron Ekspertlar kengashi (Oyatullohlar kengashi) marhum Oliy rahbar Sayyid Ali Xomanaiyning o‘g‘li Mujtaba Xomanaiyni mamlakatning yangi Oliy rahbari etib sayladi. Bu haqda Iran International va boshqa xalqaro nashrlar xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Mujtaba Xomanaiyning ushbu lavozimga saylanishi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK)ning kuchli bosimi ostida amalga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, yangi rahbar saylanguniga qadar, bir necha kun davomida Alirizo Arafiy Oliy rahbar vazifasini vaqtincha bajarib turdi.

Hozircha Eronning rasmiy davlat agentliklari (xususan, IRNA yoki Mehr) bu ma’lumotni rasman tasdiqlagani yo‘q».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring