Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aliment to‘lamaganlar sud zalida qamoqqa olindi

Aliment to‘lamaganlar sud zalida qamoqqa olindi

Joriy yilning 13-sentabr kuni Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Shayxontohur tuman bo‘limi, tuman prokuraturasi, Shayxontohur tuman ma’muriy sudi, tumandagi MFY raislari, 200 yaqin sud qaroriga asosan aliment to‘lovchi fuqarolar bilan voyaga yetmagan bolalar moddiy ta’minoti uchun aliment undirish haqidagi sud qarorlarining ijrosini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar hamda aliment to‘lashda ma’suliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan qarzdordar ishtirokida sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur sayyor sud majlisi davomida, alimentni undirish bilan bog‘liq aliment to‘laydigan ota (ona) budjet tashkilotida yoki soliqlar to‘liq to‘lab boriladigan tashkilotda ishlayotgan taqdirdagina alimentni to‘liq undirish mumkinligi, ish beruvchining manfaatlari aliment to‘lashdan bo‘yin tovlovchi shaxslar manfaatlariga mos kelishi, shu bois, aliment summasi bolani ta’minlash xarajatlariga monand bo‘lishi uchun aliment to‘lovchilarning haqiqiy daromadlaridan kelib chiqib undirishda har bir mahalla kesimida tegishlicha ushbu mahalla raislari bilan hamkorlik qilish yuzasidan tushuntirish va ko‘rsatmalar eshitildi.

Hozirgi kunda, milliy qonunchiligimizda aliment to‘lash majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474–moddasi va Oila Kodeksining 99-moddasida aniq ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsa-da, amaliyotda hamma ota (ona) lar tomonidan qonunga amal qilinmasdan kelinmoqda.

Xususan, muqaddam JIB Olmazor tuman sudining 06.03.2017 yildagi ajrimiga asosan, jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan, qarzdor Sh.N.dan undiruvchi N.Sh. foydasiga bir nafar farzandi ta’minoti uchun ¼ qism miqdorda aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan qarzdorligi 2.767.905 so‘m qarzdorligi to‘lanmaganligi sababli, qarzdor  sud zalida qamoqqa olindi.

Qarzdor M.X.dan undiruvchi M.D. foydasiga ikki nafar farzandi ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorda aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan 3.080.286 so‘m qarzdorligi to‘lanmaganligi sababli, qarzdor sud zalida qamoqqa olindi.

Qarzdor T.X. foydasiga ikki nafar farzandi ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorda aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan qarzdorligi 5.672.901 so‘m qarzdorligi to‘lanmaganligi sababli, qarzdor sud zalida qamoqqa olindi.

Qarzdor D.Sh. dan undiruvchi L.G. foydasiga ikki nafar farzandi ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorda aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan qarzdorligi 16.321.893 so‘mni to‘lash uchun besh kunlik muddat berilganligi,

Qarzdor A.Xalilovdan undiruvchi D.K. foydasiga bir nafar farzandi ta’minoti uchun ¼ qism miqdorda aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan qarzdorligi 5.609.132 so‘mni to‘lash uchun besh kunlik muddat berilganligi,

Muqaddam JIB Olmazor tuman sudining 24.02.2017 yildagi hukmiga asosan, 2 oy qamoq jazosi tayinlangan, qarzdor M.D.dan undiruvchi Z.D. foydasiga bir nafar farzandi ta’minoti uchun ¼ qism miqdorda aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan qarzdorligi 4.140.427 so‘mni to‘lash uchun besh kunlik muddat berilganligi qonunchilikdagi jazoning muqarrak ekanligi buning isbotidir.

Oilaviy kelishmovchilik sababli undiruvchi N.R. foydasiga ikki nafar farzandi ta’minoti uchun qarzdor Sh.R. dan  1/3 qism miqdorda aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan, sayyor sud majlisi jarayonida oilani yarashtirish choralari olib borildi va mazkur oila yarashtirildi.

Sayyor sud majlisida har bir maxallada aliment majburiyatlarida jazo masalasi qanchalik kuchaytirilsa, aliment to‘lashdan bosh tortib, kelayotgan fuqarolarning ma’suliyati shunchalik ortib, voyaga yetmagan farzandi oldidagi javobgarlikni his etishi, mazkur aliment pullarini undiruvchi bilan muammolarni yechimini o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida har bir mahalla kesimida byuro xodimlari va mahalla raislari hamda mahalla profilaktika inspektorlari hamkorligi yo‘lga qo‘yilishini ta’minlash maqsadga muvofiqligi takidlab o‘tildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring