Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aliment to‘lashdan ozod qilish mumkinmi?

Aliment to‘lashdan ozod qilish mumkinmi?

Foto: «Kazinform»

«O‘g‘lim hech qayerda ishlamaydi. Hozir tobi qochgan. Turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan. Moddiy ahvoli umuman yaxshi emas. Dori-darmonga ham bazo‘r yetkazib turibmiz. Ayting-chi, aliment miqdorini kamaytirish yoki aliment to‘lashdan ozod qilish masalasi qonunchilikda bormi? Buning uchun kimga murojaat etsak bo‘ladi?»

Oila kodeksining 105-moddasiga asosan, aliment to‘layotgan ota-onaning boshqa voyaga yetmagan bolalari bo‘lib, undan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirilganda o‘sha bolalar aliment olayotgan bolalarga nisbatan moddiy jihatdan kamroq ta’minlanib qoladigan bo‘lsa, shuningdek, aliment to‘layotgan ota (ona) nogiron bo‘lib, moddiy jihatdan qiynalib kelayotgan bo‘lsa yoki aliment olayotgan shaxs mustaqil daromadga ega bo‘lgan taqdirda, aliment miqdori sud tomonidan kamaytirilishi mumkin.

Agar voyaga yetmagan bola davlat yoki nodavlat muassasalarining to‘liq ta’minotida bo‘lsa, sud aliment to‘layotgan ota yoki onaning moddiy ahvolini hisobga olib, to‘lanayotgan aliment miqdorini kamaytirish yoki uni aliment to‘lashdan ozod qilish haqida hal qiluv qaror chiqarishi mumkin.

Aliment miqdorini kamaytirish yoki uni to‘lashdan ozod qilish uchun asos bo‘lgan holatlar tugaganda manfaatdor taraf aliment qonunda belgilangan miqdorda undirilishini talab qilib, sudga murojaat etishga haqli.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring