Alimentchilar ham chet elga chiqishi mumkinmi?

«Bizda aliment to‘laydiganlar fuqarolar ham chet elga chiqishi mumkinmi?».
Savolga Adliya vazirligi mas’ul xodimi Bobur Karimov javob beradi:
— O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi qonuniga (O‘RQ-459-son) asosan, «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi qonunning 421-moddasi aliment to‘lashga majbur shaxsga respublikadan chiqishga qo‘yilgan taqiqni olib tashlash tartibini nazarda tutgan qoidalar bilan to‘ldirildi.
Unga ko‘ra, voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlar oldindan to‘langan yoki aliment to‘lash bo‘yicha garov shartnomasi tuzilgan bo‘lsa, davlat ijrochisi to‘lov yoki garov shartnomasi to‘g‘risidagi tegishli hujjat olingan kunning ertasidan kechiktirmasdan tegishli organlarni qarzdor jismoniy shaxsning respublikadan chiqishini cheklash olib tashlangani to‘g‘risida yozma shaklda xabardor qiladi.
Bunda garov qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining ikki yuz ellik baravaridan kam bo‘lmasligi lozim.
Mazkur qoida qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach, ya’ni 2018-yil 11-iyul kunidan amalga kiritiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter