Alisher Abdualiyev tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Alisher Abdualiyev.
O‘zbekistonning Ukraina va Moldovadagi elchisi bo‘lgan Alisher Abdualiyev tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.
Alisher Abdualiyev — Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) bitiruvchisi hisoblanadi. Mehnat faoliyatini 1989-yili ushbu OTMning siyosiy iqtisod kafedrasida o‘qituvchilikdan boshlagan.
1992-yildan 1995-yilgacha Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida, 1992—2012-yillarda Vazirlar Mahkamasida mas’ul lavozimlarda ishlagan. 2006-yili «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.
Ushbu tayinlovga qadar 2012-yildan buyon O‘zbekistonning Ukraina va Moldovadagi elchisi bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter