Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Qodirov bolasini ayiqqa tashlagan ayol bo‘yicha kutilmagan bayonot berdi

Alisher Qodirov bolasini ayiqqa tashlagan ayol bo‘yicha kutilmagan bayonot berdi

«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov o‘z bolasini hayvonot bog‘idagi ayol oldiga tashlab yuborgan ona haqida kutilmagan bayonot berdi.

«Bugun hamma farzandini ayiq oldiga tashlash darajasiga yetib borgan ayolni la’natlamoqda. Buni qo‘llab quvvatlamayman!

Ayol zaifadir. Zaifalik inqirozda yaqqol bilinadi. Shirin farzandiga buni ravo ko‘rish uchun ayol o‘zidan ham voz kechib bo‘lgan aslida.

Ayollar huquqini himoya qilishda ilg‘orlar bu ayolning oldida bo‘lishi kerak. Holatning asosiy sababchisi — Rossiyadagi ota ham javobgar bo‘lishi lozim.

Ko‘p hollarda ayollarning xor bo‘lishi zaif erkaklardandir. Qonunchilikda otaning farzandiga mutlaq javobgarligini belgilab qo‘yish vaqti keldi», deb yozgan Alisher Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, 28 yanvar kuni soat taxminan 12:00larda yosh ayol noma’lum sabablarga ko‘ra, ko‘pchilikning ko‘z oldida kichkina qizaloqni ayiq voleri (saqlanadigan joy)ga tashlab yuborgandi. Keyinchalik u ayolga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring