Alisher Sa’dullayev: «Prezidentning menga ishonchi o‘qituvchi otam va onamga katta faxr bag‘ishlaydi»
Prezident farmoni bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimda ishlab kelgan Alisher Sa’dullayev Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlanib, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi vazifasini vaqtincha bajarish yuklangandi.
Ushbu tayinlovdan keyin Alisher Sa’dullayev o‘z fikrini bildirib o‘tdi:
– Mening davlat rahbari tomonidan bu lavozimga tayinlanishim nafaqat menga, balki barcha yoshlarga bo‘lgan yuksak ishonchdir. Bu oilamizga, sharafli kasb egasi bo‘lgan o‘qituvchi otam va mehribon onajonimga katta faxr bag‘ishlaydi. Shuningdek, ayni kunlarda o‘qituvchilar nufuzini oshirish uchun qilinayotgan harakatlarga mos ravishda bu tayinlov o‘qituvchi oilasiga o‘zgacha kuch bag‘ishlaydi. Davlat rahbarining yuksak ishonchi – har qanday yosh halol mehnat, tinimsiz izlanish va xalqiga sadoqat bilan xizmat qilish orqali yuqori marralarga erishishi mumkinligining isbotidir, deydi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter