Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Usmonov ko‘magida Namanganda osmono‘par bino quriladi

Alisher Usmonov ko‘magida Namanganda osmono‘par bino quriladi

Foto: «dp.ru»

Taniqli tadbirkor va asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov ko‘magida Namanganda 18 qavatli biznes-markaz quriladi. Bu haqda «Sputnik» xabar berdi.

Bugun, 7-iyun kuni «Doing business with Namangan ­­-­ 2019» xalqaro investitsiya forumi o‘z ish faoliyati boshladi.

Tadbir ochilishida Namangan viloyati investitsiya salohiyati haqida viloyati hokimi Xayrulla Bozorov forum qatnashchilariga ma’lumot berdi.

«Namangan shahrida Alisher Burxonovich yordamida qurilayotgan zamonaviy kongress zaliga ega, jahon talablariga javob beradigan 18 qavatli biznes-markaz to‘g‘risida ma’lumot berishdan xursandmiz», — dedi Bozorov.

Tadbirda 40 ga yaqin davlatdan 300 ga yaqin xorijiy kompaniya vakillari qatnashmoqda.

Forum doirasida 320 million dollarlik investitsiya shartnomalar imzolash rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring