Alisher Usmonov Prezident davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandi – OAV

Alisher Abrorovich Usmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandi. Bu haqda hukumatdagi manbalariga tayanib «Gazeta.uz» xabar berdi.
Bunga qadar u Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2007 yilda II darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati raisi sifatida faoliyat yuritib kelgan Bahodir Toshmatov oktyabr oyida Prezident huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibining o‘rinbosari etib tayinlangani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter