Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Usmonov rossiyalik milliarderlar reytingida yuqoriladi

Alisher Usmonov rossiyalik milliarderlar reytingida yuqoriladi

Foto: DPA

Rossiyaning eng boy tadbirkorlari boyligi 2025-yil boshidan buyon 18,1 milliard dollarga oshdi. Bloomberg agentligi e’lon qilgan «Milliarderlar indeksi» (Bloomberg Billionaires Index) ma’lumotlari orqali bunga guvoh bo‘lish mumkin.

Reytingni tuzishda kompaniyalar aksiyalarining qiymati hisobga olingan.

Rossiya milliarderlari orasida eng katta kapital o‘sishi «Metalloinvest» aksiyadori Alisher Usmonovda qayd etildi. Uning boyligi yil boshidan buyon 5,32 mlrd dollarga oshib, jami 18,5 mlrd dollarga yetdi. Natijada Usmonov rus boylari reytingida 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

2025-yil Alisher Usmonovdan tashqari, Iskandar Mahmudov (UGMK), Pavel Durov (Telegram), Tatyana Kim (Wildberries) kabi rossiyalik tadbirkorlar uchun ham sermahsul keldi.

Va aksincha, Novolipetsk metallurgiya kombinati direktorlar kengashi raisi Vladimir Lisin bu yil katta zarar ko‘rdi — uning kapitali 3,07 mlrd dollarga kamayib, 22,8 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Shunga qaramasdan, u rus milliarderlari yetakchi uchligidagi o‘rnini saqlab qoldi.

Rossiyalik milliarderlarning «topganlari» va «yo‘qotganlari» (top-10+1).
Manba: Bloomberg Billionaires Index
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring