Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Usmonovning zirhli «Mercedes Maybach» avtomobili musodara qilindi

Alisher Usmonovning zirhli «Mercedes Maybach» avtomobili musodara qilindi

Italiya soliq politsiyasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalari tufayli Sardiniyada rossiyalik oligarx Alisher Usmonovga tegishli bo‘lgan, qiymati 600 ming yevrolik zirhli «Mercedes Maybach» avtomashinasini musodara qildi.

The Times nashrining yozishicha, ushbu zirhli mashina avtomat o‘qlari va granata zarbalariga bardosh bera oladi.

Bundan tashqari, Sardiniyada Usmonovning 17 million yevrolik villasi va unga xizmat ko‘rsatuvchi oltita mashina hibsga olingan. Italiyada oligarxning muzlatilgan aktivlari umumiy qiymati 66 million yevrodan oshdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring