Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 «ALSKOM» sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlari diqqatiga!

 «ALSKOM» sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlari diqqatiga!

«ALSKOM» SK AJ Kuzatuv Kengashi Sizga shuni ma’lum qiladiki, 2022-yil 11-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan «ALSKOM» SK AJning qo‘shimcha 7 300 000 dona oddiy aksiyalarni chiqarishi to‘g‘risida P0170-17-sonli qarori ro‘yxatdan o‘tkazildi. Har bir aksiyaning nominal qiymati 1 380 so‘m.

Kompaniya Ustavi va ro‘xatga olingan qarorga muvofiq, «ALSKOM» SK AJning oddiy (ovozli) aksiyalar egalari, ular egalik qiladigan oddiy aksiyalar soniga mutanosib ravishda oddiy (ovozli) aksiyalarni sotib olishda ustunligiga egadirlar. Qo‘shimcha aksiyalarni sotib olish imtiyozli huquqi 2022 yil 17 mart holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reyestrida qayd etilgan «ALSKOM» SK AJning oddiy (ovozli) aksiyalarining egalari - aksiyadorlariga beriladi.

Imtiyozli huquq ushbu xabar e’lon qilingan kundan boshlab 14 kun davomida amal qiladi.

«ALSKOM» SK AJ Kuzatuv Kengashining 2022-yil 12-apreldagi qaroriga asosan, aksiyalarni joylashtirish narxi bir dona aksiya uchun 1400 so‘m miqdorida belgilangan.

«ALSKOM» SK AJga aksiyadorning ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan joyi), u olmokchi bo‘lgan aksiyalar soni va yozma ariza yuborish orqali, imtiyozli huquqga ega bo‘lgan aksiya egasi o‘z huquqini to‘liq yoki qisman amalga oshirish huquqiga ega. Bunday ariza «ALSKOM» SK AJ tomonidan imtiyozli huquq amal qilish davomida topshirilishi lozim.

Imtiyozli huquqni boshqa shaxsga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Imtiyozli huquq muddati tugagach, aksiyalar cheklanmagan miqdordagi investorlar orasida ochiq obuna orqali joylashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 2022-yil 11-aprelda ro‘yxatga olingan aksiyalarning qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi P0170-17-sonli Qarorning matni va «ALSKOM» SK AJ aksiyalarining chiqarilishi to‘g‘risidagi ma’lumot bilan «ALSKOM» SK AJning korporativ veb-saytida (www.alskom.uz), Yagona korporativ ma’lumot portalida (www.openinfo.uz) yoki Respublika fond birjasi "Toshkent" (www.uzse.uz) veb-saytida tanishishingiz mumkin.

Sizni qiziqtirgan barcha savollar bo‘yicha «ALSKOM» SK AJning Bosh ofisiga quyidagi manzil bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin: O‘zbekiston Respublikasi, 100084, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 109, info@alskom.uz. Murojaat uchun telefon: (78) 147-11-00.

«ALSKOM» SK AJ Kuzatuv Kengashi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring