«Amerika ovozi» jurnalisti O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tdi

Dunyoning eng nufuzli axborot vositalaridan biri sanalgan «Amerika ovozi» teleradiosi jurnalisti Navbahor Imomovaga O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan jurnalistga akkreditatsiya guvohnomasi topshirildi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.
– O‘zbekistonni ichkaridan yoritish uchun imkoniyat bor endi. Vaqti-vaqti bilan kelib materiallar uzataman, – deydi Navbahor Imomova. – Bu degani O‘zbekistondagi mavjud holat, hukumatning islohotlari real faktorlarga asoslanganmi yo‘qmi, odamlarning o‘zgarishlarga, siyosatga munosabati, turmush-tarzi... barcha-barchasi haqida dunyoga «Amerika ovozi» O‘zbekistondan, voqealar markazidan turib ko‘rsatadi, solishtiradi, ta’riflaydi, tahlil qilib beradi. O‘zbek OAVsi ham asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da ochilayotgan ekan biz ham hamkorlikka tayyormiz.
«Amerika Ovozi» – dunyodagi yetakchi xalqaro teleradio hisoblanadi. 45 tilda efirga chiqadi. O‘zbek tilida ham ko‘rsatuv va eshittirishlar tayyorlaydi. Xalqaro hayot, jamiyatdagi muhim o‘zgarishlar va masalalar yoritiladi. O‘zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo‘ylab jamoatchi muxbirlarga ega.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter