Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerikalik hammani o‘lganiga ishontirib, chet elga qochib ketdi

Amerikalik hammani o‘lganiga ishontirib, chet elga qochib ketdi

Foto: Green Lake County Sheriff’s Office

AQShning Viskonsin shtatida yashovchi erkak hammani o‘zining o‘lganiga ishontirib, chet elga qochib ketdi.

Xotini va uch nafar farzandi baydarkada suzishga ketib bedarak yo‘qolgan Rayan Borgvardtga aza tutib o‘tirgan bir paytda u chet elda bo‘lgan, bu haqda People nashri Grin-Leyk okrugi sherifi Mark Podollga asoslanib xabar berdi.

Yo‘qolgan erkakni g‘avvoslar va itlar yordamida 54 kun qidirishdi, ammo topilmadi. Ko‘p o‘tmay Kanadadan xabar keldi — Borgvardt yo‘qolganining ertasi kuni ushbu mamlakatda ro‘yxatdan o‘tgan.

Keyin ma’lum bo‘lishicha, Borgvardt «bedarak yo‘qolishi»dan avvalroq chet el bankiga pul o‘tkazgan, elektron pochtasini almashtirgan va o‘z hayotini 375 ming dollarga sug‘urtalagan. Qolaversa, yo‘qolgan kuni kompyuterining qattiq diskini almashtirib, brauzeri xotirasini tozalagan, yangi pasportni esa bir necha oy oldin olgan.

Rayan Borgvardt hozirda Yevropaning qaysidir mamlakatida yashirinib yurgani taxmin qilinmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring