Amerikalik hot-dog ko‘p yeyish bo‘yicha rekord o‘rnatdi (foto)
Amerikalik Joui Chestnat 10 daqiqa ichida 83 ta hot-dog yeb, rekord o‘rnatdi va 100 ming dollar mukofot pulini qo‘lga kiritdi. Bu haqda USA Today xabar berdi.
Uning raqibi, yaponiyalik Takeru Kobayashi 10 daqiqa ichida «atigi» 67 ta hot-dog yeyishni uddaladi.
Qizig‘i, ilgari ular hech qachon uchrashishmagan, ammo g‘oyibdan raqiblar sanalishardi.
Rekord o‘rnatilgan 10 daqiqalik musobaqa videotranslyasiya formatida bo‘lib o‘tdi, 15 yillik raqiblar birinchi marta yuzma-yuz kelishdi.
2024 yil mayida ko‘p ovqat yeyish bo‘yicha faoliyatiga nuqta qo‘yganini e’lon qilgan yapon Chestnat bilan musobaqalashish imkoni paydo bo‘lgach, «stol»ga qaytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter