Amerikalik moliyachi dollarning qulashini bashorat qildi

Valyuta tadqiqotlariga ixtisoslashgan «A.G. Bisset Associates LLC» kompaniyasining ijrochi direktori Ulf Lindal dollarning yevroga nisbatan kursi keskin pasayishi tez orada boshlanib ketishini aytdi. Bu haqda «Bloomberg» agentligi xabar berdi.
Lindalning aytishicha, dollarning yevroga nisbatan kursi 2024-yilga borib 40 foizga pastlaydi. Ta’kidlanishicha, bu barcha moliya bozorlariga ta’sirini o‘tkazib, xom ashyo narxlarida o‘z aksini topadi.
XX-asrning 70-yillaridan boshlab dollar kursi davriy ravishda o‘zgarib kelyapti, endi uning qiymati tushishi kutilyapti. So‘nggi bir yil davomida dollar to‘qqiz foizga arzonladi, dedi ekspert.
Lindal dollar yapon yenasiga nisbatan 33 foizga qadrsizlanishini ham qo‘shimcha qilib o‘tgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter