Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amirliklar G‘azoga eng katta yordam partiyasini jo‘natdi

Amirliklar G‘azoga eng katta yordam partiyasini jo‘natdi

G‘azo sektori uchun insonparvarlik ko‘magi — 5 820 tonna yuk ortilgan kema Dubay (BAA)dagi Al-Hamriya portidan Misrning El-Arish portiga jo‘nab ketdi. Bu haqda The National nashri xabar berdi.

Ushbu yuk BAA Qizil yarim oy jamiyati tomonidan taqdim etildi. Bu transport G‘azo inqirozi boshlanganidan buyon yettinchi, hajmi bo‘yicha eng katta ko‘makdir. Yuk oziq-ovqat, dori-darmonlar va chodirlardan iborat.

Kema muqaddas Ramazon oyi ichida manzilga yetib borishi kutilyapti. Amirliklar G‘azo sektoriga jo‘natgan jami ko‘mak 60 ming tonnadan oshdi, deb bayonot berdi BAA Qizil yarim oy jamiyati.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring