Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amudaryolik fuqaroning 9 yil oldin gazga to‘lagan pullari «topildi»

Amudaryolik fuqaroning 9 yil oldin gazga to‘lagan pullari «topildi»

Foto: «Sof.uz»

Amudaryolik fuqaro T.Atajonov tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.

Murojaatda aytilishicha, T.Atajanovning 2009-yilda tabiiy gaz uchun o‘z nafaqasidan har oy to‘lab qo‘ygan pullari hisob raqamiga o‘tmay qolgan. Tuman gaz idorasi xodimlari tomonidan qarzdorligi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Murojaat jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. Natijada iste’molchining 9 yil ilgari bir necha oyiga tabiiy gaz uchun to‘lagan pul mablag‘i reyestrlarida iste’molining gaz daftarchasining abonent raqami ko‘rsatilmaganligi sababli egasi aniqlangangunga qadar 8888-sonli abonent raqamiga avtomatik tarzida o‘tkizlganligi aniqlandi.

Muammo fuqaroning foydasiga hal etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring