Sobiq hokimning o‘limiga nima sabab bo‘lgani ma’lum qilindi
Jazo muddatini o‘tayotgan Andijon shahrining sobiq hokimi Bahrom Haydarov qamoqxonada vafot etgani xabar qilingandi.
Bosh Prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, jazoni ijro etish departamentiga qarashli mahkumlar uchun mo‘ljallangan kasalxonaning terapiya bo‘linmasida davolanayotgan mahkum Haydarov Baromjon Nosirboyevich, 05.03.2024-yil soat 00:15 larda kasalligi sababli vafot etgan.
Asosiy tashxis: Yurak ishemik kasalligi zo‘riqish stenokardiyasi FS-III, IKKS. Koronar qon tomirlar stentlash operatsiyasidan keyingi holat. Gipertoniya kasalligi III bosqich. Arterial gipertenziya- III. Xavf-IV (O‘ta yuqori).
Mazkur holat yuzasidan Toshkent maxsus prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter