Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon mashinasozlik instituti bakalavriat va magistratura uchun qabul e’lon qildi

Andijon mashinasozlik instituti bakalavriat va magistratura uchun qabul e’lon qildi

2019/2020 o‘quv yili uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlariga to‘lov-kontrakt asosida quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisligi uchun

QABUL E’LON QILADI

Dastur nomi

Ta’lim yo‘nalishi, mutaxassislik

Xorijiy davlat nomi

Hamkor xorijiy OTM nomi

Qabul kvotasi

Dastur shakli

Shifri

Nomi

Automotive Engineering

5310500

Avtomobilsozlik va traktorsozlik

Janubiy Koreya

Tegu universiteti

25

2+2

Mechanical Engineering

5320200

Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish

Xitoy Xalq Respublikasi

 

Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti

25

2+2

Mechatronic Engineering

5312600

Mexatronika va robototexnika

25

2+2

Artificial Intelligent

5312700

Intellektual muhandislik tizimlari

25

2+2

Clinic Engineering

5A320313

Tibbiyot va biotexnologiya mashinalari va jihozlari

Janubiy Koreya

Tegu universiteti

10

1+1

Abituriyentdan talab etiluvchi hujjatlar:

  • o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumoti haqidagi hujjatning nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
  • pasport nusxasi (asli ko‘rsatiladi)
  • ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikat (IELTS, TOEFL, CEFR) – agar sertifikat mavjud bo‘lmasa, abituriyent ingliz tilidan belgilangan tartib asosida suhbatdan o‘tadi va hujjat topshirishga tavsiya e’tiladi;
  • ariza (ingliz tilida to‘ldiriladi);
  • 4 dona 3.5x4.5 rasm

Magistratura: Institutning xalqaro aloqalar bo‘limiga murojaat etiladi. Tel: +998 74 235 12 64, +998 90 387 71 70

Eslatma! O‘qish kunduzgi ta’lim shaklida to‘liq ingliz tilida Tegu universiteti yoki Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti va Andijon mashinasozlik instituti tomonidan tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlar asosida amalga oshiriladi.

Va bu hali hammasi emas! O‘qishni muvaffaqiyatli bitirgan bitiruvchilarga yurtimizda va Janubiy Koreya yoki Xitoy Xalq Respublikasida tan olinadigan 2ta: Tegu universiteti yoki Shimoliy Xitoy texnologiya va Andijon mashinasozlik instituti diplomlari beriladi.

Eng muhimi! Agar siz IELTS (5.0 yoki undan ortiq) sertifikatiga ega bo‘lsangiz sizga ingliz tilidan maksimal ball beriladi.

Kirish sinovlari! O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019 yil 4 iyuldagi 1-sonli bayoni asosida kirish imtihonlari ikki bosqichda o‘tkaziladi:

birinchi bosqichda abituriyentlar Davlat test markazi tomonidan alohida tashkil etiladigan test sinovlarida ishtirok etadilar;

ikkinchi bosqichda abituriyentlar xorijiy hamkor tomonidan belgilangan kirish imtihonlarini topshiradilar.

Izoh: Bakalavriat va magistratura uchun hujjatlar 2019 yil 26 iyuldan 10 avgustgacha har kuni 9:00 dan 17:00 gacha qabul qilinadi.

Eslatma! Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyuldagi 393-sonli qarori bilan qo‘shma ta’lim dasturi asosida taxsil olayotgan talabaning o‘qishi ko‘chirilmasligi va qayta tiklanmasligi belgilangan (qo‘shma dasturning o‘zi bundan mustasno).

Manzil: Andijon shahri, Boburshoh ko‘chasi, 56 uy, Institutning asosiy binosi

Telefon: +99874 223 – 46 – 12

                 +99874 223 – 47 – 22

Internet: www.andmiedu.uz

Telegram: t.me/admission_AndMI_2019

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring