Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda 39 ta mashinasi bor fuqaro 128 ta jarima to‘lashiga to‘g‘ri keldi

Andijonda 39 ta mashinasi bor fuqaro 128 ta jarima to‘lashiga to‘g‘ri keldi

Andijonlik M.I. (ayol) egaligida bo‘lgan 39 nafar mashina haydovchilari tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jami 57,2 mln. so‘m jarima to‘ladi.

IIB YHXB organlari tomonidan Majburiy ijro byurosi Andijon tumanlararo bo‘limiga o‘tgan 8 oy davomida kelib tushgan 128 ta jarima solish to‘g‘risidagi qarorlarga ko‘ra, M.I.dan jami 57 235 000 so‘m undirilishi belgilangan.

Qarzdorga berilgan ogohlantirishlar natijasida barcha jarimalar to‘liq to‘langan. Shulardan, 66 ta 32 104 500 so‘mlik jarimalar avgust oyida undirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, M.I. egaligidagi mashinalardan boshqa shaxslar ijara huquqi asosida foydalanib keladi va avtomashina egasi haydovchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan har bir yo‘l harakati qoidalari buzilgani uchun qo‘llanilgan jarimalarni o‘zi to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Sababi, jarimalar to‘liq to‘lanmaguniga qadar ijro harakatlari davomida jarima maydoniga olib kirib qo‘yilgan avtomashina chiqarib yuborilmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring