Andijonda 8 va 3 yoshli o‘g‘il-qizning sel oqizib ketishi yuzasidan prokuratura tekshiruv boshladi

Joriy yilning 6 may kunidan 7 may kuniga o‘tar kechasi Andijon viloyati Xonobod shahrining Teyit va Xidirsha MFYlarida kuchli sel keldi.
Ushbu noxush hodisa oqibatida Xonobod shahri, Teyit mahallasi Qorabag‘ish ko‘chasida yashagan ikki nafar voyaga yetmagan bola (o‘g‘il va qiz) sel oqizib ketib, vafot etgani xabar qilingandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Xonobod shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter