Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda ham propan «zapravka» yonib ketdi

Andijonda ham propan «zapravka» yonib ketdi

Bugun, 5-sentyabr kuni Andijon tumanida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan va siqilgan gaz to‘ldirish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘inga taxminan 5 tonnali yoqilg‘i saqlash sig‘imiga ega «MAN»rusumli yoqilg‘i tashuvchi avtomobildan propan suyultirilgan gazini to‘kish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi sabab bo‘lgan.

Xabarga asosan, FVBning yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari hodisa joyiga yetib borgan va 50 daqiqa ichida yong‘in bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida ham huddi shunday voqea yuz bergan va hodisa oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan edi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring