Andijonda hokimlik xodimi pichoqlandi
Joriy yilning 15-aprel kuni Andijon viloyati Xonobod shahrida hokimlik hodimi bo‘lgan shaxs pichoqlangani haqida xabar tarqaldi.
Andijon viloyati prokuraturasiga ko‘ra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi yuzasidan 1 nafar shaxs gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Xozirda jinoyat ishi yuzasidan Xonobod shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter