Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura «IIB tergovchisi kaltaklanishi» bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi

Bosh prokuratura «IIB tergovchisi kaltaklanishi» bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda Ichki ishlar organi kapitani kaltaklangani haqida xabar tarqalgani ortidan viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv boshlangani ma’lum qilingandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan fuqarolar X.B. va X.E. larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 105-moddasi 2-qismi «i» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ish hujjatlariga ko‘ra, joriy yilning 24 sentyabr kuni Andijon shahar IIO FMB 1-sonli IIB tergov bo‘linmasi tergovchisi S.G‘. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan «Damas» rusumli avtomashinaning boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi «Spark» rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l transport hodisasini sodir etgan.

Shundan so‘ng, «Spark» rusumli avtomashina haydovchisi X.B. hamda uning yonida bo‘lgan X.E. IIB kapitani S.G‘. bilan janjallashib, unga tan jarohati yetkazishgan.

Mazkur holat yuzasidan voqea ishtirokchilariga yetkazilgan tan-jarohatlari, xususiyatlari va og‘irlik darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha X.B. va X.E. lar sirtdan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, qidiruv e’lon qilingan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring