Andijonda IIBga yangi boshliq tayinlandi

Polkovnik Tasbayev Azat Damirovich Andijon viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar A.Tasbayev O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, Andijon viloyati IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan general-mayor Shuhratjon Sobirov Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter