Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda ko‘plab odamlar jabrlangan ayanchli YTH yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijonda ko‘plab odamlar jabrlangan ayanchli YTH yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: Yo‘l harakati xavfsizlik xizmati

26-noyabr kuni ertalab soat 8:10 larda A-373 Toshkent-O‘sh-Andijon avtomagistralining 389-390- kilometrlari oralig‘ida ayanchli YTH yuz bergan va unda uch kishi halok bo‘lgandi. 

YHXBB ma’lumotiga ko‘ra, yo‘lda qayta ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli joriy yilning 18-noyabr kunidan buyon yo‘lning bir tomonida 1100 metr masofada ta’mirlash ishlari «Rezina Optima Standart» MChJ tomonidan «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risidagi» O‘RQ-117-son Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 342-sonli qarorining 1-ilovasi 13,14,15,16,18-bandlariga zid ravishda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari bilan kelishilmasdan olib borilayotganligi sababli transport vositalarining harakati qarama qarshi tomonidan tashkil etilgan.

Yuqoridagi qaror talablari bajarilmaganligi sababli 26-noyabr kuni haydovchi, 1993-yilda tug‘ilgan J.A. «Isuzu» rusumli avtobusda bir tomonlama tashkil etilgan yo‘lda harakatlanayotib, quyuq tuman tushganligi va ko‘rinish masofasi cheklanganligi uchun «Howo» rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashgan.

Hodisa natijasida 3 nafar avtobus yo‘lovchilari vafot etgan, jami 31 nafar fuqarolar, jumladan yuk avtomobili haydovchisi ham turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat qodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring